Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18 164 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 4 247 tasi qo‘shma va 13 917 tasi xorijiy korxonalardir.
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni oxirgi 5-yilda 1,9 barobarga oshgan.
O‘zbekistondagi chet el nvestitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:
Xitoy — 5 044 ta;
Rossiya — 3 181 ta;
Turkiya — 2 137 ta;
Qozog‘iston — 1 212 ta;
Janubiy Koreya — 693 ta;
Afg‘oniston — 635 ta;
BAA — 414 ta;
Tojikiston — 389 ta;
Hindiston — 375 ta;
AQSH — 340 ta.



