Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 32 ta davlatdan qiymati 66,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 19,1 ming tonna shokolad mahsulotlari import qilingan.

Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,7 ming tonnaga yoki 19,9 foizga kamaygan.

2025-yilning 11 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p shokolad mahsulotlari yetkazib bergan davlatlar:

Rossiya – 14 ming tonna

Niderlandiya – 1,4 ming tonna

Ukraina –  839,1 tonna

Qozog‘iston –  583,5 tonna

Turkmaniston –  463,1 tonna

Fransiya –  399,2 tonna

Boshqa davlatlar – 1,4 ming tonna

photo_2025-08-12_18-44-26