Joriy yilning 12- noyabr kuni 2023- yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar  muhokamasiga bag‘ishlangan vebinar tashkil etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Maxmudjon Ziyadullayev boshchiligida tashkil etilgan onlayn uchrashuvda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi  va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida joriy yilning 2–6-  noyabr kunlari o‘tkazilgan o‘rganishlar tahlil qilindi. Aholi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar tahlili, aholi punktlarida yashovchilar soni, kartografik materiallarni o‘rganish holati, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida nimalarga e’tibor berish lozimligi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati