Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida 11 ta xorijiy davlatga qiymati 13,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 25,5 ming tonna olma eksport qilgan.

Mazkur davrda Oʻzbekiston eng koʻp olma yetkazib bergan davlatlar:

Qozogʻiston – 12,2 ming tonna;

Rossiya – 11,3 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 1,3 ming tonna;

Iroq – 204 tonna;

Turkmaniston – 167,4 tonna;

Boshqa davlatlar – 283,5 tonna.

o