Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda jami 11,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,7 mln nafarga yoki 46,8 % ga oshgan.

Turistlar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:

Qirg‘iz Respublikasi – 3,3 mln nafar;

Tojikiston – 2,7 mln nafar;

Qozog‘iston – 2,7 mln nafar;

Rossiya – 984,4 ming nafar;

Afg‘oniston – 476,7 ming nafar;

Turkmaniston – 370 ming nafar;

Xitoy – 278,9 ming nafar;

Turkiya – 174,9 ming nafar;

Hindiston – 80,8 ming nafar;

Koreya Respublikasi – 46,3 ming nafar.

turizm