Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilda 1,1 kvadrillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 6,8 % ga oshgan.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi respublika bo‘yicha 29,1 mln so‘mni tashkil etdi.
2026-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda 59,8 mingta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.



