Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 81,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,9 mlrd AQSH dollariga yoki 20,7 foizga oshgan.
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida:
Eksport – 33,8 mlrd (+24 %)
Import – 47,4 mlrd (+18,5 %) AQSH dollarini tashkil etdi.
O‘zbekiston jahonning 210 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (21,2 %), Rossiya (16,0 %), Qozog‘iston (6,1 %), Turkiya (3,7 %) va Koreya Respublikasi (2,1 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.



