Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 482,4 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,2 % ga o‘sgan.

1-yanvar holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 86 180 tani tashkil etdi.

Mazkur davrda ulgurji savdo tovar aylanmasi 543,3 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 12,5 % o‘sishni qayd etdi.

1-yanvar holatiga respublikamizda ulgurji savdo sohasida 51 667 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.

photo_2026-01-22_12-13-03_p34745