Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-dekabr oylarida sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelib, hajmi 947,2 trln so‘mni tashkil etdi.
Seksiyalar bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishi hajmi quyidagicha:
— ishlab chiqarish sanoati – 947,2 trln so‘m (86 %)
— tog‘-kon va ochiq konlarni ishlash – 77 trln so‘m (7 %)
— elektr gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 70,8 trln so‘m (6,4 %)
— suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 6,1 trln so‘m (0,6 %)



