Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun 2025-yil yanvar-dekabr oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 591,1 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 10,5 foizga oshdi.
Mazkur davrda jami yangi asosiy fondlarni yaratishga qaratilgan asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar 33,5 mlrd AQSH dollari yoki 422,1 trln so‘mni tashkil etdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar:
Ishlab chiqarish sanoati – 33,2 %;
Elektr, gaz bilan ta’minlash – 17,1 %;
Tog‘-kon sanoati – 11,9 %;
Qishloq xo‘jaligi – 9,2 %;
Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya – 2,1 %;
Qurilish – 6,1 %;
Tashish va saqlash – 5,3 %;
Axborot va aloqa – 1,5 %;
Sog‘liqni saqlash – 1,7 %;
Boshqa faoliyat turlari – 11,9 %.



