Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1,05 kvadrillion so‘mni tashkil etdi.
Xizmat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari quyidagicha:
Moliyaviy xizmatlar — 124,6 %
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 122,7 %
Ijara xizmatlari — 119,1 %
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 114,2 %
Me’morchilik, muhandislik sohasidagi xizmatlar — 113,5 %
Transport xizmatlari — 110,8 %
Savdo xizmatlari — 113,8 %
Boshqa xizmatlar — 112,8 %
Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 112,3 %
Shaxsiy xizmatlar — 112,3 %
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 113,1 %
Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 110,4 %
Ta’lim sohasidagi xizmatlar — 110,4 %



