Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 236 704 kishini tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 693,5 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paydi.
Hududlar kesimida doimiy aholi soni:
Samarqand viloyati – 4 379,8 ming kishi
Farg‘ona viloyati – 4 223,0 ming kishi
Qashqadaryo viloyati – 3 717,0 ming kishi
Andijon viloyati – 3 521,8 ming kishi
Namangan viloyati – 3 190,8 ming kishi
Toshkent shahri – 3 178,1 ming kishi
Toshkent viloyati – 3 160,7 ming kishi
Surxondaryo viloyati – 3 011,0 ming kishi
Buxoro viloyati – 2 107,0 ming kishi
Xorazm viloyati – 2 069,2 ming kishi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 053,2 ming kishi
Jizzax viloyati – 1 566,9 ming kishi
Navoiy viloyati – 1 111,9 ming kishi
Sirdaryo viloyati – 946,3 ming kishi



