Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yil davomida temir yo‘l transportida 10,5 mln yo‘lovchi tashilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 0,7 mln yo‘lovchiga oshgan.
Mazkur davrda temir yo‘l transportidan bir kunda o‘rtacha 28,8 ming nafar yo‘lovchi foydalangan.



