Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda jami 435 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Pokistonga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 6,9 barobarga oshgan.

Joriy yilda Pokistonga borgan O‘zbekiston fuqarolarining safar maqsadlari tahlil qilinganda — sayohat maqsadida 272 nafar, xizmat yuzasidan 95 nafar, qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 67 nafar, o‘qish uchun 1 nafar fuqaro safar qilgan.

Shuningdek, mazkur davrda O‘zbekistonga qariyb 18 752 nafar Pokistonliklar turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.

Pokistonlik turistlar soni avvalgi yilga nisbatan 3,4 barobarga ko‘paygan.

Pokistonliklarning safar maqsadlari tarkibida sayohat ustunlik qilib, 10,7 ming nafarni tashkil etgan. Shuningdek, xizmat yuzasidan 5,8 ming nafar, o‘qish uchun 1,8 ming nafar, tijorat maqsadida 404 nafar, qarindoshlarni yo‘qlash uchun 74 nafar tashrif qayd etilgan.

d748a778a4e145e7ae88cb04e204d349_p90286