Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar – sentabr oylarida, bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo‘yicha bajarildi.

Jami qurilish ishlarining 71,0 % i yoki 46 256,6 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan  16 195,6 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish korxonalarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi  35,0 %  ni tashkil etdi. Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha 20 344,5 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi  44,0 % ni hamda norasmiy sektorda   9 716,5 mlrd. so‘m yoki ularning jami hajmidagi ulushi 18,0 % ni tashkil etdi.

Axborot xizmati