Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 5 458,7 mln. dona tuxum yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 100,8 %ni tashkil etdi.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tuxum yetishtirishning eng yuqori hajmi 3 270,1 mln. dona yoki umumiy tuxum yetishtirish hajmidan 59,9 % i dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Respublikadagi jami tuxum yetishtirishda eng ko‘p ulushiga ega bo‘lgan hududlar:
Toshkent viloyati – 18,1 %;
Samarqand viloyati – 17,5 %;
Namangan viloyati – 8,5 %;
Andijon viloyati – 7,5 %.
Axborot xizmati


