Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-fevral holatiga O‘zbekistonda 572,7 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47,6 mingtaga yoki 9,1 foizga oshgan.

Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni yillar kesimida quyidagicha (1-fevral holatiga):

2022-yil – 652 040 ta;

2023-yil – 687 166 ta;

2024-yil – 580 173 ta;

2025-yil – 525 036 ta;

2026-yil – 572 666 ta.

31025_p18731