Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida import hajmi 47,4 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.

Import hajmi 2024-yilga nisbatan 18,5 % ga o‘sgan.

Mazkur davrda O‘zbekiston 180 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi.

2025-yilda O‘zbekiston importidagi TOP-10 davlatlar (AQSH dollarida):

— Xitoy – 14,8 mlrd;

—  Rossiya – 8,6 mlrd;

—  Qozog‘iston – 3,4 mlrd;

—  Turkiya – 1,9 mlrd;

—  Koreya Respublikasi – 1,7 mlrd;

—  Germaniya – 1,3 mlrd;

—  Hindiston – 1,2 mlrd;

— Turkmaniston – 1,1 mlrd;

—  Belarus – 778,5 mln;

—  AQSH – 712,3 mln.

import_p89196