Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-fevral holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18 513 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Ulardan 4 282 tasi qo‘shma va 14 231 tasi xorijiy korxonalardir.

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni oxirgi 5-yilda 1,9 barobarga, shu bilan birga xorijiy korxonalarning ulushi 55,1 foizdan 76,9 foizgacha oshgan.

O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:

Xitoy — 5 218 ta;

Rossiya — 3 190 ta;

Turkiya — 2 149 ta;

Qozog‘iston — 1 221 ta;

Janubiy Koreya — 699 ta;

Afg‘oniston — 647 ta;

BAA — 413 ta;

Tojikiston — 410 ta;

Hindiston — 394 ta;

Ozarbayjon — 368 ta.

4