Joriy yilning 13–15-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘ida vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol, voleybol, stritbol hamda stol tennisi turlari bo‘yicha “Chimgan challenge – 2026” qishki sport festivali o‘tkazildi.

1-rasm_p24659

Festivalning dastlabki kunida tadbir ishtirokchilari uchun o‘z sohalarida sport targ‘ibotini yanada kuchaytirish, sportni ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini oshirish hamda yoshlarni sportga keng jalb etish borasidagi zamonaviy yondashuv va samarali usullarga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi. Seminar davomida ishtirokchilarga muhim bilim va ko‘nikmalar berildi.

2-rasm_p95136

Shuningdek, tadbir doirasida ishtirokchilarning salohiyatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda bilimli xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

4-rasm_p90403

Festival doirasida sportning mini-futbol, voleybol, stritbol hamda stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllantirildi.

5-rasm_p88122

Mazkur festivalda Milliy statistika qo‘mitasining Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi B. G‘ofurov sportning mini-futbol turi bo‘yicha jamoaviy faxrli 1-o‘rinni, shuningdek, Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari va kambag‘allikni baholash bo‘limi yetakchi mutaxassisi S. Bektemirov sportning voleybol turi bo‘yicha jamoaviy faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.