Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonga 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 124,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 422,6 ming tonna bug‘doy uni import qilingan.

Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 48,3 ming tonnaga yoki 10,3 % ga kamaygan.

2025-yilda O‘zbekistonga eng ko‘p bug‘doy uni yetkazib bergan davlatlar:

Qozog‘iston – 399,8 ming tonna;

Rossiya – 22,1 ming tonna;

Tojikiston – 425 tonna;

AQSH – 90 tonna;

Qirg‘iziston – 50 tonna;

Boshqa davlatlar – 71,3 tonna.

3379_p28514