Jahon banki tomonidan yangilangan metodologiya asosida shakllantirilgan “Statistika faoliyati samaradorligi indeksi” natijalariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yil yakunlari boʻyicha 81,5 ball toʻplab, 217 ta mamlakat orasida 58-oʻrinni egalladi. Bu koʻrsatkich mamlakatning oʻtgan yilga nisbatan 4 pogʻonaga yuqorilaganini anglatadi (2023-yilda — 80,3 ball, 62-oʻrin).

MDH davlatlari orasida Oʻzbekiston 5-oʻrinni qayd etdi. Indeks mamlakatning statistik tizimi salohiyati, maʼlumotlar ochiqligi, xalqaro standartlarga mosligi va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini baholaydi. Xususan, rasmiy statistikaning shaffofligi, maʼlumotlarning xalqaro platformalarda eʼlon qilinishi hamda milliy Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarining shakllantirilishi yuqori natijaga xizmat qildi.

Jahon banki reytingida Oʻzbekiston pozitsiyalarini yanada yaxshilash maqsadida milliy statistika tizimini modernizatsiya qilish, kuzatuvlar sifatini oshirish va xalqaro maʼlumot almashinuvini kengaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

s