Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “III Xalqaro talabalar statistika festivali” doirasida statistika bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi jamoaviy bahslarda 3-o‘rinni, yakkalik bahslarida esa 3-kurs talabasi Usmanova Madina Botir qizi faxrli 2-o‘rinni egalladi.

s

s

Mazkur yutuq munosabati bilan g‘olib talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar xalqaro tanlov tajribasi, tayyorgarlik jarayoni, statistika sohasidagi zamonaviy yondashuvlar hamda kelgusi rejalari haqida fikr almashdilar.

screenshot-2026-02-19-184415_p15468

s

Tadbir yakunida yoshlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni xalqaro maydonda munosib ishtirok etishga rag‘batlantirish muhimligi alohida ta’kidlandi. Davra suhbati videotasvirga olinib qo‘mitaning rasmiy YouTube sahifasiga joylashtirildi.