Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-fevral holatiga O‘zbekistonda Buyuk Britaniya kapitali ishtirokida jami 251 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 122 tasi qo‘shma va 129 tasi xorijiy korxonalardir.
Buyuk Britaniya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni hududlar kesimida quyidagicha:
Toshkent shahri – 190 ta
Toshkent viloyati – 15 ta
Samarqand viloyati – 8 ta
Sirdaryo viloyati – 8 ta
Jizzax viloyati – 6 ta
Buxoro viloyati – 5 ta
Qashqadaryo viloyati – 4 ta
Surxondaryo viloyati – 4 ta
Andijon viloyati – 3 ta
Farg‘ona viloyati – 3 ta
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 ta
Namangan viloyati – 1 ta
Navoiy viloyati – 1 ta
Xorazm viloyati – 1 ta



