Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekiston 5 ta xorijiy davlatga qiymati 441,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 1,6 mln tonna bug‘doy uni eksport qilgan.

Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 473,3 ming tonnaga yoki 42,3 foizga oshgan.

2025-yilda O‘zbekiston bug‘doy uni yetkazib bergan davlatlar:

Afg‘oniston – 1 590 193 tonna;

Tojikiston – 607 tonna;

Qirg‘iz R. – 356,4 tonna;

Turkmaniston – 174 tonna;

Qozog‘iston – 29,7 tonna.

un_p86376