Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 40,3 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 mingtaga oshdi.

 Respublikada faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari:

Bino va inshootlar qurish – 23 ming 427 ta;

 Fuqarolik obektlarini qurish – 3 ming 785 ta;

  Ixtisoslashtirilgan qurilish – 13 ming 133 ta.

 Faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar:

 Toshkent shahri – 7 697 ta;

Toshkent viloyati – 3 506 ta;

 Qashqadaryo viloyati – 3 270 ta;

Farg‘ona viloyati – 3 174 ta.

Axborot xizmati