Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida jami 244,4 ming nafar tojikiston fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43,4 ming nafarga yoki 21,6 foizga oshgan.

Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

sayohat – 13,3 ming nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 208,5 ming nafar;

xizmat yuzasidan – 17,4 ming nafar;

o‘qish – 483 nafar;

davolanish – 3,8 ming nafar;

tijorat – 809 nafar.

turist_20062024_p11983