Fermer xo‘jaliklariga statistika hisobotlarini taqdim etishda yanada qulay muhit yaratish hamda ko‘p sonli respondentlarning takliflarini inobatga olgan holda, 1 fx (yillik) shakli “Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risidagi statistika hisoboti”ni taqdim etish muddati 2026- yil 10- mart sanasidan 2026- yil 1- aprel (Chorshanba kuni ham qo‘shib hisoblangan) sanasiga uzaytirildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ushbu hisobotni belgilangan muddatdan kechiktirmasdan taqdim etilishini respondentlardan so‘rab qoladi.


