Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-fevral holatiga, O‘zbekistonda turoperatorlar, turagentlar va boshqa turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar soni 3 143 tani tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 551 taga yoki 21,3 foizga oshgan.

Ularning soni yillar kesimida quyidagicha (1-fevral holatiga):

2022-yil – 1 841 ta;

2023-yil – 2 374 ta;

2024-yil – 2 539 ta;

2025-yil – 2 592 ta;

2026-yil – 3 143 ta.

touroperator-ai_p28607