Navroʻz bayramini koʻtarinki ruhda nishonlash, Ramazon oyini munosib oʻtkazish hamda hududlarni obodonlashtirish maqsadida 13–14-mart kunlari yurtimizda umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda.

p

p

Mazkur ezgu tashabbus doirasida Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari ham faol ishtirok etdi.

p

p

Hashar davomida qoʻmita hududi obodonlashtirildi, bino va xonalarda tozalash ishlari olib borildi, yashil hududlar tartibga keltirildi.

p

p

Bunday tadbirlar xalqimiz birdamligini mustahkamlash, milliy urf-odatlarimizni asrab-avaylash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga xizmat qiladi.

p

p