Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-mart holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18 770 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 4 365 tasi qo‘shma va 14 405 tasi xorijiy korxonalardir.
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni oxirgi 5-yilda 1,4 barobarga, shu bilan birga xorijiy korxonalarning ulushi 55,2 foizdan 76,7 foizgacha oshgan.
O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:
Xitoy — 5 257 ta;
Rossiya — 3 214 ta;
Turkiya — 2 173 ta;
Qozog‘iston — 1 232 ta;
Janubiy Koreya — 709 ta;
Afg‘oniston — 653 ta;
Ozarbayjon — 430 ta;
BAA — 421 ta;
Tojikiston — 420 ta;
Hindiston — 397 ta.



