Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra,  Oʻzbekistonda 2026-yilning 1-fevral holatiga taʼlim sohasida 7 975 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2 mingtaga yoki 35,3 foizga oshgan.

Taʼlim sohasidagi korxonalarning yillar kesimidagi soni quyidagicha (fevral):

2022-yil – 6 130 ta;

2023-yil – 7 295 ta;

2024-yil – 6 504 ta;

2025-yil – 5 965 ta;

2026-yil – 7 975 ta.

 

2026-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonda taʼlim sohasida qariyb 3,3 trln soʻmlik xizmatlar koʻrsatilgan boʻlib, oʻtgan yilga nisbatan 22,8 foiz oʻsishni qayd etdi.

talim_p22909