Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida jami 1 776 336 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Mazkur davrda O‘zbekistonga jami 156 ta davlatdan turistlar tashrifi qayd etilgan.
Shundan:
erkaklar – 1 053 320 nafar;
ayollar – 723 016 nafar.
Ularning yosh bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
0-18 yosh – 161 831 nafar;
19-30 yosh – 319 635 nafar;
31-55 yosh – 960 489 nafar;
56 yosh va undan kattalar – 334 381 nafar.



