Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish hamda Milliy statistika qo‘mitasi uchun istiqboldagi kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida e’lon qilingan “Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi” tanlovi yakunlandi.
Nomzodlar tanlov jarayonida quyidagi mezonlar asosida kompleks baholandi:
– statistika, iqtisodiyot, matematika va axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlari hamda analitik fikrlash qobiliyati;
– IQ darajasi;
– akademik ko‘rsatkichlari (GPA);
– xorijiy tillarni bilish darajasi;
– ilmiy va ijtimoiy faolligi;
– suhbat jarayonidagi kasbiy va shaxsiy kompetensiyalari.
Tanlov natijalariga ko‘ra, tanlov komissiyasining qarori asosida 2025–2026-o‘quv yilining 2-semestri (fevral-iyun oylari) uchun 10 nafar g‘olib aniqlandi.
“Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi” tanlovi g‘oliblari:
- Salayeva Umida Qudrat qizi – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi
- Soyibova Ruxshona Muzaffar qizi – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi
- Mirzayeva Malika Murod qizi – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
- Amanova Durdona Zoir qizi – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
- Alijonov Muhammadullo Komiljon o‘g‘li – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
- Rajabova Malika Nuriddin qizi – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
- Kaypova Nursulu Nurgeldi qizi – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
- Soatov Muxtor Botir o'g'li – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi
- Begimqulova Go‘zal Bekjon qizi – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi
- Avazova E’zoza – Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti talabasi


