Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oyarida 34 634 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming nafarga oshgan.
Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
sayohat – 28 416 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 5 364 nafar;
xizmat yuzasidan – 311 nafar;
o‘qish – 300 nafar;
davolanshi – 243 nafar.



