Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonga 14 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2 570 tonna choy import qilingan.
Import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 421 tonnaga kamaygan.
2026-yilning ilk oyida O‘zbekistonga eng ko‘p choy yetkazib bergan davlatlar:
Xitoy – 2 122 tonna;
Qozog‘iston – 123 tonna;
Eron – 113,4 tonna;
Keniya – 97,6 tonna;
Indoneziya – 41,8 tonna;
Boshqa davlatlar – 72,3 tonna.



