Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 168,2 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 15,4 % ga oshdi.

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi yillar kesimida quyidagicha (yanvar-fevral):

2026-yil — 168,2 trln so‘m;

2025-yil — 138 trln so‘m;

2024-yil — 109,6 trln so‘m.

photo_2026-03-02_19-23-44_p48730