Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 19 ta xorijiy davlatga qiymati 19,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 43,2 mln litr gazlangan ichimliklar eksport qilgan.
Eksport hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 28,2 mln litrga yoki 2,9 barobarga ortgan.
2026-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekiston eng ko‘p gazlangan ichimliklar yetkazib bergan davlatlar:
Qozog‘iston – 26,8 mln litr;
Qirg‘iz R. – 12,9 mln litr;
Rossiya – 3 mln litr;
Gruziya – 123,2 ming litr;
Mo‘g‘uliston – 99,3 ming litr;
Boshqa davlatlar – 319,8 ming litr.



