Joriy yilning 2-aprel kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Milliy statistika qo‘mitasiga biriktirilgan ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

p

p

Unda Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Z. Ziyayev, Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i X. Narziyev, mahalla yoshlar yetakchilari hamda yoshlar ishtirok etdi.

p

p

Uchrashuv davomida yoshlarni munosib ish bilan ta’minlash, ularning xohish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar egallash hamda ta’lim olishga yo‘naltirish masalalari muhokama qilinib, ularning muammo va takliflari tinglandi.

p

p

Muloqot jarayonida yoshlar tomonidan jami 6 ta masala ko‘tarildi. Ularning 5 tasi joyida ijobiy hal etilib, 2 nafar yoshga zamonaviy noutbuklar topshirildi va yana 2 nafar yoshga esa o‘quv kurslarida bepul ta’lim olish imkonini beruvchi sertifikatlar taqdim etildi. 1 ta masala esa tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.

p