Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 28 ta xorijiy davlatdan qiymati 1,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 115,3 ming juft poyabzal import qilingan.
Import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 19,5 ming juftga yoki 14,5 foizga kamaygan.
2026-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonga eng ko‘p poyabzal yetkazib bergan davlatlar:
Xitoy – 94,6 ming juft;
Vetnam – 5,2 ming juft;
Turkiya – 3,4 ming juft;
Hindiston– 2,5 ming juft;
Indoneziya – 2 ming juft;
Boshqa davlatlar – 7,6 ming juft.



