Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3,55 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,7 foizga o‘sgan.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning 17,2 foizi tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlariga, 30,7 foizi shifoxona muassasalari xizmatlariga hamda 52,1 foizi sohaga doir boshqa xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Resp. – 60,8 mlrd so‘m

Andijon viloyati – 155 mlrd so‘m

Buxoro viloyati – 142,3 mlrd so‘m

Jizzax viloyati – 80,8 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati – 131,8 mlrd so‘m

Navoiy viloyati – 56,3 mlrd so‘m

Namangan viloyati – 162,5 mlrd so‘m

Samarqand viloyati – 264,3 mlrd so‘m

Surxondaryo viloyati – 93,7 mlrd so‘m

Sirdaryo viloyati – 65 mlrd so‘m

Toshkent viloyati – 330,6 mlrd so‘m

Farg‘ona viloyati – 241,9 mlrd so‘m

Xorazm viloyati – 121,3 mlrd so‘m

Toshkent shahri – 1 642,3 mlrd so‘m

ss_p52765