2023- yilda yurtimizda o‘tkaziladigan aholini roʻyxatga olish tabdiriga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 2021- yilda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Usmonobod mahallasida sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish tadbirlari tashkil etiladi.
Aholini ro‘yxatga olish savolnomasi shakllari va ularni toʻldirish yoʻriqnomasini dastlabki sinovdan oʻtkazish maqsadida shu yilning 24–27- noyabr kunlari Yuqori Chirchiq tumanidagi “Usmonobod” mahalla fuqarolar yigʻini aholisini roʻyxatdan oʻtkazish rejalashtirilgan.
Joriy yilning 23- noyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida mazkur kuzatuvda ishtirok etuvchi xodimlar uchun amaliy oʻquv seminar tashkil etildi.
Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi boshlig’i Berdikulov Qobil Gulamovich hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i Babamirzayev Abdubanno Abdurashitovich boshchiligida tashkil etilgan ushbu vebinarda qo‘mita mas’ul xodimlari va Toshkent viloyat statistika boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA)ning Oʻzbekistondagi vakili Yu Yu ham qatnashib, savolnomalarni toʻldirish boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini berdi.
Tadbirda aholini roʻyxatga olishning dolzarbligi, shakllantiriladigan ma’lumotlarning ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlarini ishlab chiqishdagi muhim ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Seminar davomida kuzatuvchilarga aholini roʻyxatga olish savolnomasi shakllarini toʻldirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Axborot xizmati



