Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2026-yilning yanvar-fevral oylarida 13 ta xorijiy davlatdan qiymati 175,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 909 951 dona mobil telefon import qilingan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 357,4 ming donaga yoki 64,7 % ga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p mobil telefon yetkazib bergan davlatlar:

Xitoy – 704 353 dona;

Vetnam – 183 996 dona;

Hindiston – 12 572 dona;

Koreya Respublikasi – 4 924 dona;

Qirg‘iz Respublikasi – 1 923 dona;

Indoneziya – 1 582 dona;

Boshqa davlatlar – 601 dona.

telefon_p14483