Joriy yilning 18-19 noyabr kunlari Yevropa statistiklari konferentsiyasi byurosi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi hamkorligida rasmiy statistikani modernizatsiya qilish bo'yicha ishchi guruhining onlayn seminari tashkil etildi.

modern1231120

modern1231120

Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad – rasmiy statistikani modernizatsiya qilishning strategik yondashuvlari hamda faol xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratilgan masalalarni muhokama qilishdan iborat. Shuningdek, tadbirda joriy yilda erishilgan yutuqlarni muhokama qilish va 2021- yil uchun xalqaro hamkorlikning asosiy ustuvor yo'nalishlarini belgilash bo’yicha takliflar ko’rib chiqildi.

modern1231120

modern1231120

Davlat statistika qo'mitasidan onlayn uchrashuvda Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig'i D. Zokirov hamda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig'i O. Mamadaliyev ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida rasmiy statistikani modernizatsiya qilish bo'yicha ishchi guruhining amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlarni muhokama qilishdi.

modern1231120

Onlayn uchrashuv yakunida ekspertlar tomonidan sohaga doir bir qator taklif va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati