Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 34 ta davlatdan qiymati 27,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 6,6 ming tonna shokolad mahsulotlari import qilingan.
Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 ming tonnaga kamaygan.
2026-yilning ilk 2 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p shokolad mahsulotlari yetkazib bergan davlatlar:
Rossiya – 4 407 tonna;
Ukraina – 607 tonna;
Turkmaniston – 209,1 tonna;
Qozog‘iston – 201,8 tonna;
Turkiya – 190,7 tonna;
Polsha – 124,4 tonna;
Boshqa davlatlar – 825,9 tonna.



