Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida 164 ta mamlakatdan jami 2 872 502 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 770 ming nafarga yoki 36,6 foizga oshgan.
Turistlar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:
Qirg‘iz Respublikasi – 807 095 nafar;
Tojikiston – 713 904 nafar;
Qozog‘iston – 681 921 nafar;
Rossiya – 223 285 nafar;
Afg‘oniston – 120 184 nafar;
Xitoy – 87 023 nafar;
Turkmaniston – 79 046 nafar;
Turkiya – 39 445 nafar;
Hindiston – 12 600 nafar;
Koreya Respublikasi – 7 813 nafar.



