Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida import hajmi 8,1 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.

Import hajmi 2025-yilga nisbatan 29,8 % ga o‘sgan.

Mazkur davrda O‘zbekiston 135 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi.

2026-yilda O‘zbekiston importidagi TOP-10 davlatlar (AQSH dollarida):

— Xitoy – 2,8 mlrd;

—  Rossiya – 1,4 mlrd;

—  Qozog‘iston – 677 mln;

—  Koreya Respublikasi – 306,1 mln;

—  Turkiya – 259,8 mln;

—  Germaniya – 182,6 mln;

—  Hindiston – 179,3 mln;

—  Belarus – 144,3 mln;

— Turkmaniston – 121,5 mln;

—  AQSH – 98,6 mln.

bez-nazvaniya_p12966