O‘zbekiston Respublikasida 2020- yilning yanvar-oktabr oylarida jami faoliyat yuritayotgan 4886 ta to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 26,9 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2019- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 112,3 % ni tashkil etdi.
Xususan ishlab chiqarish hajmi quyidagi mahsulotlarda o‘sush kuzatildi:
- Kalava ip ishlab chiqarish – 8,7 foizga;
- Tarkibida 85 % yoki undan ko‘p paxta tolasi bo‘lgan ip gazlamalar ishlab chiqarish – 18,8 foizga;
- Narsa joylanadigan qoplar va paketlar ishlab chiqarish – 24,4 foizga.
Shuningdek, To‘qimachilik korxonalari tomonidan Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Farg‘ona viloyati 14,9 % (724 ta faoliyat yuritayotgan to‘qimachilik korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 10,5 % (393 ta), Samarqand viloyati 10,2 % (359 ta), Buxoro viloyati 8,4 % (321 ta) hamda Toshkent shahri 8,4 % (797 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Ma'lumot o‘rnida: Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida 1 524,7 mln AQSh dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, Respublika umumiy eksport hajmining 11,4 % ini tashkil etdi va o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 15,9 % ga o‘sdi.
Shuningdek, yil boshidan 522 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 65 ta davlatiga eksport qilindi.
Axborot xizmati




