O'zbekistonda global pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, aholida kasalliklarga qarshi immunitet tizimini shakllantirish va sog‘lom ovqatlanish targ‘ibotini sog‘lom turmush tarzi garovi sifatida kuchaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi davlat statistika organlari tizimida ommaviy sportni, sog‘lom turmush tarzini va sog‘lom ovqatlanishni yanada rivojlantirishga ko'maklashish bo'yicha qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2020- yil 25- noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasida xodimlar uchun respirator gigiyena qoidalarini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan tadbir o'tkazildi.
Tadbirda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni mazmun-mohiyati, shuningdek, gigiyena qoidalari, xavfsiz epidemiologik muhitni ta'minlash, sog‘liqda respirator o‘zgarishlar paydo bo'lganda qanday harakatlar amalga oshirish masalalari ko'rib chiqildi.
Axborot xizmati


