Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning 1-aprel holatiga koʻra, respublikada 61 mingta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Ular asosiy iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:
- oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 12,2 mingta
- boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 8,5 mingta
- kiyim ishlab chiqarish – 6,2 mingta
- tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish – 4,9 mingta
- mebel ishlab chiqarish – 4,2 mingta
- toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 3,7 mingta
- rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish – 2,9 mingta



